AQSh Suriyaga yordam sifatida 925 mln dollar ajratadi
AQSh suriyalik qochqinlar va Suriyada qolgan suriyaliklarga yordam sifatida qo‘shimcha 925 mln dollar taqdim qiladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bu haqda Suriya bo‘yicha donor davlatlar anjumanidagi nutqida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ma’lum qildi.
Bu pullar Suriya va butun mintaqadagi millionlab odamlarni yegulik, boshpana, suv va tibbiy yordam bilan ta’minlash uchun gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida 600 mln dollardan ko‘proq mablag‘ni o‘z ichiga olgan.
Qolgan 325 mln dollar ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Bundan 290 mln dollari hozirda Iordaniya va Livanda bo‘lgan 300 ming qochqin bolaga mo‘ljallangan ta’lim loyihalariga yo‘naltiriladi.