AQSH Kongressi Delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi
Deyna Rorabaxer (respublikachi, Kaliforniya shtati) boshchiligidagi
AQSh Kongressi delegatsiyasi 19-20 fevral kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya, shuningdek, kongressmenlar Brayan Xiggins (demokrat, Nyu-York shtati),
Ted Po (respublikachi, Texas shtati) hamda Pol Kukdan (respublikachi, Kaliforniya
shtati) tarkib topdi. Mazkur delegatsiya Prezident Islom Karimov bilan uchrashdi
hamda Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik kengashi, Parlament
va Senatda suhbatlar o‘tkazdi. Bu uchrashuvlarda keng ko‘lamli masalalar, jumladan
ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar hamda har ikki mamlakat qonun chiqaruvchilari
o‘rtasida kelgusida bo‘ladigan uchrashuvlar muhokama qilindi.
Janob Deyna Rorabaxer Kaliforniya shtati 48-okrug vakili bo‘lib, Amerika Qo‘shma
Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha quyi qo‘mitasi
raisi sanaladi. U rahbarlik qilayotgan quyi qo‘mita AQShning Markaziy Osiyodagi
tashqi siyosatiga doir muhim tomonlarni nazorat qiladi.