AQSh
aholisi joriy yilda o‘z iPhone’larini yangilash uchun 5,4 milliard dollar
sarfladi, deya xabar bermoqda MarketWatch.
Umuman,
o‘zlariga tegishli smartfonlarni yangilash uchun amerikaliklar yiliga 11
milliard dollar ishlatadi. Har yili AQSh aholisining 23 foizi o‘zlariga yangi
mobil telefon sotib oladi.
MarketWatch
ta’kidlashicha, gadjetlarni tez-tez yangilashga asosan uyali aloqa operatorlari
olib boradigan marketing siyosati turtki bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi
mijozlarga telefonning eski modelini yangisiga almashtirish imkonini beruvchi
imtiyozli kredit dasturini taklif qiladi.
ComScore
ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh smartfonlar bozorida Apple’ning ulushi 41 foizni
tashkil etadi. 2017-yilgacha iPhone ishlab chiqaruvchilarning Amerika
smartfonlar bozoridagi hissasi 68 foizga yetishi kutilmoqda.
Ta’kidlash
joiz, Apple iPhone smartfonlarini sotishni 2007-yilda boshlagan. So‘nggi iPhone
5s va iPhone 5c shu yilning sentabr oyida taqdim etilgan.