O‘zbekistonga AQShdan pochta orqali yuborilgan iPhone lar musodara etildi
Toshkentda istiqomat qiluvchi uch fuqaro nomiga AQShdan yuborilgan 39 dona “iPhone 6”, “iPhone 6+” va “LG” rusumli telefon musodara etildi.
“Inson va qonun” nashrida yozilishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi qimmatbaho telefonlar deklaratsiyada qayd etilmagani sababli olib qo‘yilganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga tegishli jazo qo‘llanilishi ma’lum qilingan.