O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi birdaniga 14.08 so‘mga oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 5 oktyabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 so‘m 8 tiyinga qimmatlashib, qiymati roppa-rosa 2635,08 so‘mni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 18 so‘m 6 tiyinga qimmatlashib 2959 so‘m 1 tiyinni tashkil qilib turibdi.
Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kichik miqdorda o‘sdi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 5 tiyinga qimmatlashib, 39 so‘m 96 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.