Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qaqnus - Mal De music
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Hayot Sinovlari - Gulim
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Pazanda - Sad Love
. Qo'rqmas - soundtreck 3
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSH O‘zbekiston iqtisodini Rossiyadan ajratib olmoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy Osiyoning besh respublikasi – Qozog‘iston, Qirg‘iziston O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonni AQSHning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga rioya qilish borasida ulardan aynan qanday qadamlar kutilayotgani haqida xabardor qildi. Bu haqda kecha, 28 sentyabr kuni AQSH Kongressi Senatining Tashqi ishlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tinglovda Amerika sanksiyalar siyosati koordinatori Jeyms O’Brayen ma’lum qildi. 

U AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan hafta Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv o‘tkazganini eslatdi.  

“Biz ularga sanksiyalarimizga rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdik. Biz tashvishga soladigan aniq holatlarni batafsil ko‘rib chiqdik. Biz ular bilan keyingi muloqotlarda aniq nima qilishlari mumkinligi haqida suhbatlashamiz”, deydi Davlat departamentida vakili O’Brayen.

Uning qayd etishicha, ushbu besh mamlakatning barchasi ilgari Moskva bilan bo‘lgan munosabatlariga alternativlar paydo bo‘lganidan faqat xursand bo‘ladi. Shuningdek, u Markaziy Osiyo davlatlari bilan bu boradagi ishlarni davom ettirishni va’da qilgan. 

“Biz ular bilan [boshqa] variantlarni taqdim etishda ishlayapmiz: u xoh jismoniy muqobil yo‘llar [o‘z mahsulotlarini Rossiyani chetlab o‘tib, jahon bozorlariga olib chiqish] yoki naqd investitsiyalarni rivojlantirishning boshqa usullari”, deya qo‘shimcha qilgan O’Brayen.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 sentyabr kuni Jeyms O’Brayen AQSH Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar ustida ishlayotgani, Rossiyaning Ukraianaga bosqini boshlanganidan buyon Vashington o‘rtacha har 6 haftadagi sanksiyalarni yangilab borgani va bu amaliyot davom etishini aytgan edi. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2244 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ajratib, olmoqchi, iqtisodini, O‘zbekiston, Rossiya, AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное