AQSh qirg‘oq qorovul xizmati komandiri Pol Zukunftning fikricha, Rossiya Arktikani harbiylashtirishga harakat qilmoqda. Bu haqda u kecha Milliy noshirlik klubida bo‘lib o‘tgan tadbir chog‘ida bayonot berdi.
“Rossiya Arktikani harbiylashtirmoqchi. U Arktikani yopiq zonaga aylantirmoqda”, – ta’kidladi Zukunft.
Admiral AQSh harbiy dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i admiral Jonatan Grinert va boshqa shtab boshliqlari bilan birga Arktikaga bag‘ishlangan mubohasalarda ishtirok etib borishini ma’lum qildi. Ularda, Zukunftning ta’kidlashicha, modul platformasida ishlovchi ko‘p funksiyali muzyorarlar yaratish loyihasi muhokama qilinadi. Ushbu muzyorarlarga, ta’kidlanishicha, harbiy modullar o‘rnatish va ularning yordamida “AQShning arktik hududlarda suverenitetini himoya qilish”da foydalanish mumkin.
Admiral bunday istiqbolli muzyorarlar yaratish masalasini o‘zi nazorat qilib borishini qo‘shimcha qildi.