Rossiyaning desant kuchlari ulkan arktik muzlik ustida o‘ziga xos muz qarorgohini yaratadi. Bu haqda TASS agentligiga Rossiya Federatsiyasi Harbiy desant qo‘shinlari podpolkovnigi Yevgeniy Meshkov bayonot bergan.
Qarorgoh bir qavatli bo‘lib, u harbiy xizmatchilarning 50 gradusdan past havodagi turmush tarzini to‘la ta’minlashga mo‘ljallanadi.
Inshoot elektr quvvati hamda issiqlik tizimiga ega bo‘ladi.
Bu ishlanmani amalga oshirishda harbiylar Rossiya geografiya jamiyati Ekspedision markazining tajribasidan foydalanadi.