AQSh Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi
AQSh Rossiya biznesmenlari va kompaniyalariga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” AQSh moliya vazirligiga tayanib.
Sektor sanksiyalariga Tashqi iqtisodiy bank (TIB) va “Rosneft” tuzilmalari, xususan, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi, “TIB-lizing”, “TIB Kapital”, “Svyaz bank”, “RN-Yuganskneftegaz”, Rosneft Trading, “EKSAR”, “Globeks” banki uchradi.
Yangilangan qora ro‘yxatga Roman Rotenberg, Sergey Kurchenko, Aleksandr Yanukovich (Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning o‘g‘li) va boshqalar kiritildi.
AQSh hukumati Ukrainadagi voqealar yuzasidan jami 11 jismoniy va 15 yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.