Rossiyada o‘zbekistonlik og‘ufurushlar hibsga olindi
Rossiyaning Voronej viloyatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari jami 4 kg. giyohvandlik moddasi (geroin) bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda giyohvandlik moddalar aylanmasini nazorat qilish federal boshqarmasining Voronej viloyati bo‘limi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, 36 yoshli Tojikiston fuqarosi 28 dona yelim idishga solingan 1,3 kg miqdoridagi geroin moddasi bilan, Liska shahrida yashab kelgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi esa 500 gr. geroin moddasi bilan qo‘lga tushgan.
Shuningdek, yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari Novovoronej shahrida taxminan 2,5 kg geroin moddasini sotish jarayonida qo‘lga olingan.
Ayblanuvchilar 15 yil muddatgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi kutilmoqda.