Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
O‘zbekiston «Gazprom» bilan birgalikda uch yildan so‘ng 5 mln. tonnaga mo‘ljallangan yangi neftni qayta ishlovchi zavodni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Biroq yetkazib berish hajmini oshirish uchun Qozog‘iston orqali neft quvurlarini kengaytirish talab etiladi, uning moliyaviy sxemasi esa hali noaniq.
Tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, hajm bir oyda 30 ming tonnani tashkil etadi, biroq talabga muvofiq sutkasiga 2 ming tonnaga qadar oshirilishi mumkin.