Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi kaltaklab o‘ldirildi


Bugun, 21 iyul kuni Leningrad viloyati huquq-tartibot organlari O‘zbekiston fuqarosining o‘limi bilan bog‘liq jinoiy ishni ochdi. Voqea hafta boshida Murino posyolkasidagi qurilishlardan birida sodir bo‘lgan.

47 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi 16 iyul kuni bosh suyagida jiddiy jarohat bilan “Novaya” ko‘chasidan topilgan. Bir necha kun o‘tib, polisiya 26 yoshli ishsiz bo‘lgan mahalliy fuqaroni hibsga olgan.

Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, birgalikdagi ichkilikbozlik vaqtida yosh yigit migrantni qattiq urgan. Olingan jarohatdan o‘zbekistonlik voqea joyida halok bo‘lgan.

Aybdorga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 111-moddasi bilan jinoiy ish ochilgan.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7112 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kaltaklab, fuqarosi, Rossiya, o‘ldirildi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное