Rossiyadagi qorli bo‘ron O‘zbekistonga yetib keladimi?
Rossiyaning markaziy qismini qamrab olgan “Daniella” qor bo‘roni O‘zbekistonga yetib kelmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lumotlariga asoslanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aksincha, yil ayni fasliga xos bo‘lmagan iliq ob-havo uzoq muddat saqlanib turibdi. Ammo dam olish kunlari ob-havoda ayrim o‘zgarishlari kuzatilishi mumkin.
Sinoptiklar hali qishning yarmi oldinda ekanligi va havo haroratining sovushi, yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkinligini ham eslatib o‘tdi. O‘zbekistonda o‘tgan yili mar oyining oxirida ham qor yoqqan edi.
Hozirda “Daniella” bo‘roni Rossiyaning shimoliy-g‘arbiy shaharlarini qamrab olgan. Mazkur shaharlar aholisi kuchli qor yog‘ishi va sovuq shamoldan aziyat chekmoqda. Avvalroq qor bo‘roni Belarus o‘lkasida ham kuzatilgan edi.