O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyada yig‘in o‘tkazadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 24-31 avgust kunlari Rossiyada bir haftalik yig‘in o‘tkazadi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yig‘in doirasida Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkaziladi. Terma jamoamiz delegatsiyasi Rossiyaga 24 avgustda uchib ketadi.
Nazorat o‘yinlari
25.08.2017
"Viz-Sinara" - O‘zbekiston
26.08.2017
"Viz-Sinara" - O‘zbekiston
29.08.2017
"Zik-Urfu" - O‘zbekiston
30.08.2017
"Zik-Urfu" - O‘zbekiston
Bo‘lajak yig‘in O‘zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tadigan 2017 yilgi Osiyo o‘yinlari va futzal bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Ma’lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o‘yinlari shu yilning 17–27 sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Shu o‘rinda terma jamoamiz Yekaterinburgda nazorat o‘yinlari o‘tkazadigan klublar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.
"Viz-Sinara"
Ekaterinburg shahri sharafini himoya qiladigan "Viz-Sinara" Rossiyaning mashhur klublaridan biri hisoblanadi. Klub 1992 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda Rossiya Superligasida ishtirok etadi. Jami 11 marotaba mavsumni sovrinli o‘rinlarda yakunlagan, 2008-2009 va 2009-2010 yilgi mavsumlarda Rossiya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, "Viz-Sinara" 2007-2008 yilgi mavsumda futzal bo‘yicha UEFA kubogi finalida Ispaniyaning "El-Poso" jamoasini mag‘lub etib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2007 yil Rossiya kubogi, 1998 yilda Oliy liga kubogini qo‘lga kiritgan.
"Viz-Sinara" o‘zining akademiyasi bilan ham mashhur hisoblanadi. "Zik-Urfu" esa Rossiya Oliy ligasida ishtirok etadi, jamoa Superligaga chiqish uchun harakat qilmoqda.