Rossiyada 6 yashar bolani tahqirlagan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Zelenogorsk shaharchasida 6 yashar bolani zo‘rlagan 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Ribinsk online” nashri xabar tarqatdi.
Xabarda qayd etilishicha, 21 mart kuni ertalab Zelenogorsk polisiyasiga 46 yoshli mahalliy aholi vakili bo‘lgan ayol murojaat qilgan va “Shimoliy River” pansionatida joylashgan yotoqxonada 6 yashar o‘g‘lini zo‘rlashgani haqida ma’lum qilgan.
Mahalliy polisiya olib borgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu voqeada gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan. Gumondor shaxs 47 yoshdagi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u shu kunga qadar Sankt-Peterburgda noqonuniy ravishda yashab kelgan. Hozirda ushbu ish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.