AQSHning shimoliy-sharqiy hududida kuzatilayotgan «Nemo»
kuchli qor bo‘roni tufayli Nyu-Yorkda barcha aviaqatnovlar bekor qilindi, deb
xabar beradi "France-Presse” axborot agentligi.
Nyu-York ma’muriyatining ma’lum qilishicha, kun yarmida
"LaGuardia” hamda Nyu-Jersi qo‘shni shtatidagi "Newark” aeroportlari
ish faoliyatini to‘xtatgan. "Jon F. Kennedi” havo darvozasi esa kechki
mahaldan boshlab barcha qatnovlarni bekor qilgan. Umumiy hisobda qariyb
2300 aviareys bekor qilingan. Bundan tashqari Boston, Chikago va
Vashington aeroportlarida ham qatnovlar amalga oshirilmagan. AQShda uragan bois
jami 60 aeroport vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan.
Mamlakat hukumati shimoliy-sharqiy shtatlardagi aholini
uydan chiqmaslikka va imkon qadar ko‘chada avtomobilda yurmaslikka chaqirgan.
Massachusets shtatidagi maktablarda darslar bekor qilingan. Shtat gubernatori
qor bo‘roni vaqtida favqulodda xizmat mashinalaridan tashqari barcha
avtomobillar harakatini taqiqlagan.
Kuzatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, «Nemo» uragani 46
santimetrdan 76 santimetrgacha bo‘lgan balandlikni tashkil etmoqda.
Ba’zi progonozlarga qaraganda, mazkur uragan AQSh tarixida
kuzatilgan eng kuchli qor bo‘ronlaridan biriga aylanishi mumkin.
Manba: darakchi.uz