Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSh Somali hududiga raketa hujumlari uyushtirdi

AQSh armiyasi mahalliy jangari guruhlardan birining dala qo‘mondonini yo‘q qilish maqsadida 27-yanvar kuni tunda Somali hududiga raketa hujumlarini uyushtirdi. Gumon qilinishicha, mazkur guruh "Al-Qoida” xalqaro terrorchilik tarmog‘i hamda Somalidagi "Ash-Shabob” guruhi bilan aloqador. Bu haqda "Reyter” agentligi xabariga tayanib "RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy operatsiya Somalining janubiy tumanlarida olib borilgan. Uning tafsilotlari va natijalari haqida hozircha xabar berilmagan.

Somali respublikasi 1991-yilda Siad Barre rahbarligidagi diktatorlik tuzumi ag‘darilishi bilan yaxlit davlat sifatidagi maqomini yo‘qotgan. Xalqaro hamjamiyat bu mamlakatdagi yagona qonuniy hukumat sifatida poytaxt Mogadisho va uning atrofidagi bir qancha tumanlarnigina nazorat etayotgan federal hokimiyatni tan oladi. Somalining qolgan hududlari esa tan olinmagan nodavlat tashkilotlari nazorati ostida yoki o‘z-o‘zini boshqaruvchi hududlar hisoblanadi. Mamlakatning janubi va shimoli-sharqidagi ayrim tumanlarda mahalliy to‘dalar va radikal islomchi harakatlar hukmronlik qiladi. Ular qatorida "Al-Qoida” bilan aloqador "Ash-Shabob” guruhlari ham bor.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5191 | Рейтинг: 1| Рейтинг: AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное