Arizona shtatidagi Feniks shahri maktablaridan birining
hovlisida ochiqdan-ochiq otishma bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabariga asoslanib "Novaya gazeta”
sayti xabar tarqatgan.
Shahar politsiyasi vakili Stiv Martosning aytishicha, Sesar
Chavez nomli maktab hovlisida 15 marta o‘q uzilgan. Bu paytda maktabda
basketbol bo‘yicha musobaqa bo‘layotgan, unda ikki yuzdan ortiq odam ishtirok
etayotgan bo‘lgan.
Voqeada hech kim jabr ko‘rmagan. Politsiya hozirda otishmani
sodir etgan uch nafar noma’lum kimsani qidirmoqda. Ikki nafar gumondor
allaqachon so‘roq qilish uchun qo‘lga olingan, biroq ularning aybi
isbotlanganicha yo‘q. Voqeaning boshqa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.