AQShda istiqomat qiluvchi 103 yoshli ayol o‘rta maktabni bitirdi. Bu haqda New York Daily News xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 103 yoshli Mari Xant Viskonsin shtatida yashaydi. U 90 yil muqaddam maktabni tashlab ketgandi. Bunga o‘zining kichik yoshdagi ukalarini boqishga to‘g‘ri kelgani sabab bo‘lgan.
“Men buni amalga oshirib qo‘yishni istardim. Shuncha vaqt o‘tib ketgandan keyingina bunga imkon bo‘ldi”, deb bu voqeani izohlaydi Mari Xant.
Diplom topshirish marosimida Mari Xant ham qora mantiya va akademiklar bosh kiyimida qatnashgan.
Ma’lum qilinishicha, endi u kollejda ham o‘qishni niyat qilgan.