Afg‘onistonda AQSh rahbarligidagi koalitsiya kuchlari qo‘mondoni amerikalik general Jon Kempbell NATOga a’zo mamlakatlar qo‘mondonlari Qobulda doimiy baza ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Mamlakatlar Afg‘onistonga yordam berishi mumkin bo‘lgan sohalarni ko‘rib, ushbu ko‘makni taqdim etmoqchi bo‘ladi. Biroq ta’sis etiladigan NATO bazasi ushbu yordamni boshqarib turadi”, — dedi general.
Kempbell ta’kidlashicha, baza boshqaruviga fuqarolik hukumati vakillari jalb etilsa-da, harbiy kontingent xavfsizlik maqsadlarida qoladi.