AQSh Afg‘onistonda yil oxirigacha qariyb 10 ming harbiyni qoldiradi
AQSh o‘zining Afg‘onistondagi missiyasini 2015 yilning oxirigacha davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniyning birgalikdagi bayonotiga iqtibos keltirgan holda Oq uy saytida xabar berildi.
“Prezident G‘aniyning iltimosiga ko‘ra, AQSh Afg‘onistonda 2015 yilning oxiriga qadar 9,8 ming harbiyni qoldiradi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniy Baraka Obama Afg‘onistonda AQSh harbiylarining joylashish darajasi bo‘yicha qaror qabul qilishi zarurligini aytgan edi.