Rossiya Yevropadagi eng yirik ko‘chmas mulk bozoriga aylandi
Cushman & Wakefield konsalting firmasining hisobotiga ko‘ra, Rossiya Yevropaning eng yirik ko‘chmas mulk bozoriga aylangan. Oxirgi 42 yil ichida bu borada Fransiya birinchi o‘rinda turgan edi.
“2014 yilning ikkinchi yarmidan so‘ng Yevropa bozoriga bir qator yirik savdo markazlarining chiqishi tufayli Fransiya 43 yil ichida birinchi marta eng yirki ko‘chmas mulk bozori maqomini yo‘qotdi. Hisobot davrida bozordagi ko‘chmas mulkning yarmidan ko‘pi Rossiyadagi ob’ektlar tomonidan taklif qilindi”, – deyiladi hisobot matnida.