Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

Olimlar Yevropadagi eng “semiz” va eng “xushqomat” millatlarni aniqlashdi

Xalqaro shifokorlar guruhi Yevropadagi eng “semiz” va eng “xushqomat” millatlarni aniqladilar. Olimlar tomonidan tadqiq qilingan millatlar orasida nemis va slavyan xalqlari hisobga olinmagan.
Olimlar o‘z tadqiqotlari natijalarini Nature Genetics jurnalida chop etishdi. Natijalar bilan Daily Mail nashrining saytida qisqacha tanishish mumkin.
Shifokorlar o‘z ishlarida Yevropaning 14ta davlatidan 250 mingga yaqin kishi hamda 17,5 ming qardosh juftlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi.
Tadqiqot biror millat vakillarining o‘rtacha bo‘yi qanchalik yuqori bo‘lsa, ular shunchalik xushqomat bo‘lishlari va ularning tana massasi indeksi shunchalik kamroq bo‘lishini ko‘rsatdi. Tana massasi indeksi kilogrammda o‘lchangan tana vaznining metrlarda o‘lchangan bo‘yning kvadratga oshirilganiga nisbatidan aniqlanadi. Misol uchun, agar vazn 67 kg va bo‘y 1,7 metr bo‘lsa, tana massasi indeksi 23ga teng bo‘ladi.
Yevropada eng baland va xushqomat odamlar Skandinaviyadagi davlatlarda – Norvegiya, Shvesiya va Daniyada yashashlari, eng semiz va past bo‘yli odamlar esa Ispaniyada, Italiyada, Portugaliyada ham Gresiyada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Fransuzlar va britaniyaliklar bu borada o‘rta qatorlarni egallashdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, turli xalqlar tana massasi indeksidagi turlanish nafaqat ularning geografik joylashuvi, irsiy xususiyatlari, balki milliy taomlari va ekologiyaga ham bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Olimlarning baholashicha, “baland bo‘yli va xushqomat” skandinavlar (Shimoliy Yevropa aholisi) va “past bo‘yli va semiz” greklar (Janubiy Yevropa aholisi) haqidagi umumma’lum yevropacha qarashni tasdiqladi.


Manba:kun.uz
Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 17773 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: aniqlashdi, xushqomat, Yevropa, eng, millatlar, Olimlar, semiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Nigow771 qoyile wuniyam aniqlawibdi
Like | 0
Dilso'z пишет: | 19.09.2015 | 19:51 #1 Страница с комментарием
omina1710 Ajoyib, biz ham qolishmimiz yani o'zbeklar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное