Coca-Cola kompaniyasi Yevropadagi shaxobchalarini birlashtirmoqchi
AQShning Coca-Cola Enterprises, Ispaniyaning Coca-Cola Iberian Partners va Germaniyaning Coca-Cola Erfrischungsgetranke kompaniyalari bitta kompaniyaga birlashtiriladi. Bu haqda Coca-Cola Company bergan xabarda aytildi.
Yangi xolding Coca-Cola European Partners deb nomlanadi va tushum bo‘yicha Coca-Cola ichimliklarini quyuvchi dunyodagi eng yirik mustaqil kompaniyaga aylanadi.
Joriy yilda yangi tuzilmaning umumiy tushumi 12,6 mlrd dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu birlashish evaziga Coca-Cola Company kompaniyasi yaqin uch yil ichida yiliga 350-375 mln yevro tejay olishi mumkin.
Birlashgan kompaniyaning ixtiyoriga 50 ta korxona kiradi, kompaniyaning xodimlari soni 27 ming kishini tashkil qiladi. Kompaniya 300 mln iste’molchiga xizmat ko‘rsatadi.