AQShda Coca-Cola kompaniyasi sut mahsulotlari ishlab chiqarishni boshladi
AQShda Coca-Cola kompaniyasi Fairfile nomi ostida sut mahsulotlari ishlab chiqarishni boshladi. Bu reja haqida bir necha oy muqaddam xabar qilingan edi. USA Today nashri xabariga ko‘ra, ayni paytda bunday turdagi yangicha sut mahsulotlari kompaniyaning Minute Made bo‘limida ishlab chiqarilishi boshladi, deb yozadi kun.uz nashri.
Xabarda ma’lum qilinishicha, mart oyidan boshlab, keng hajmdagi reklama ishlari boshlanib, mahsulotning boshqa mamlakatlarga eksporti ham yo‘lga qo‘yiladi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 1,9 litr hajmdagi idishlarda chiqarilayotgan ushbu sutlar uchun 3,98 dollardan 4,20 dollargacha bo‘lgan narxlar belgilangan. Ma’lumotlarda shuningdek, Fairfile sutining tarkibida protein va saxaroza moddalari odatdagi sutlardagidan 50 foziga ko‘proq bo‘lishi, kalsiy moddasi bo‘yicha farqlar 30 foizlik miqdorda ekani aytilmoqda. Lekin, bu sutlarga laktoza qo‘shilmagan.
Sutning “shokolodli turi” esa, yog‘siz qilib tayyorlanadi.
Kompaniyaning bu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishi mamlakat hududida gazli ichimliklarga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojning kamaygani bilan bog‘lanmoqda. O‘z navbatida, amerikaliklar tomonidan proteinli mahsulotlarga bo‘lgan talab oshgani ta’kidlangan.
Amerikaliklar bunday sutga hozirdan Coke Milk deb nom qo‘yib olishgan.