AQShda qotil futbolchi bir umrlik qamoqqa mahkum etildi
AQShning Massachusets shtatida sud futbolchi Aaron Ernandezni qotillik uchun bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etdi, deya xabar bermoqda CNN.
Sportchi Amerika futboli bo‘yicha yarim professional o‘yinchi Odin Lloydni o‘ldirganlikda, qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy ravishda saqlaganlikda ayblandi. 25 yoshli Ernandezga muddatidan avval shartli ravishda ozod etilish huquqi berilmadi.
Jinoyat 2013-yil iyunida sodir etilgan. Lloyd Ernandesning qaylig‘ining singlisi bilan uchrashib yurgan va sportchining do‘sti bo‘lgan. Yigitlar o‘rtasida janjal chiqqach, Ernandes Lloydni Nort-Ettlboro shahridagi sanoat hududlaridan biriga olib borib, uni to‘pponcha orqali otib tashlagan.