Amerikaning Alabama shtatida burunsiz go‘dak dunyoga keldi. Bunday holat har 197 million bolaning bittasida uchraydi.
Tug‘ilishi bilan bola og‘zi orqali normal holatda nafas ola boshladi, biroq shifokorlar uning yanada yaxshi nafas olishi uchun traxeotomiya muolajasini o‘tkazishdi.
Ayni vaqtgacha ushbu chaqaloq internet nashrlarida mashxur bo‘lib ulgurdi. Unga yordam sifatida odamlardan 5000 AQSh dollari miqdoridagi hayriya pullari yig‘ildi. Bu pullar bolakayning boshqalar kabi ulg‘ayishi uchun o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari uchun sarf etiladi.