AQShda anomal darajada yirik chaqaloq dunyoga keldi
Amerikalik ayol vazni yetti kilogrammga yaqin bo‘lgan qizaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.
Amerikaning Nyu-York shtatidagi Elmir shahridagi tug‘ruqxonalardan birida tug‘ilgan qizaloqning bo‘yi 59 santimetrni, og‘irligi 6,9 kilogrammni tashkil etdi. Shifokorlar butun tajribalari davomida bunday ulkan chaqaloqni hali ko‘rmaganliklarini ma’lum qilishdi.
Aksariyat hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar mazkur qizaloqdan ikki barobar kichkina bo‘lishadi. Qizchaning onasi Joy Bakli (Joy Buckley) tug‘ruqni og‘ir o‘tkazgan. Uch nafar shifokor ayolni kesarcha kesish usuli bilan operatsiya qilishganiga qaramay, ayol tug‘ruq jarohatlarini olgan.