AQShning Viskonsin shtatida ikki yoshli bolakay o‘z onasini otib qo‘ydi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Hodisa oila a’zolari mashinada ketayotgan paytda yuz bergan.
26 yoshli Petris Prays qallig‘ining mashinasini haydab ketayotgan bo‘lgan. Petrisning qallig‘i esa qorovul bo‘lib ishlagani sabab, uning yonida va mashinasida doim qurol bo‘lgan. O‘sha kuni qurol uning mashinasida qolib ketgan edi.
Bola orqa o‘rindiqda turgan qurolni olib, qo‘qqisdan onasining yelkasiga o‘q uzadi. Ayol avtomobilni chetroqqa to‘xtatishga muvaffaq bo‘ladi. Shundan so‘ng u vafot etadi. Praysning uch nafar farzandi bor edi.