Bugun AQShning Nyu-Djersi shtatida juda xunuk voqea sodir bo‘ldi. Olti yoshli bolakay o‘zining to‘rt yashar ukasini to‘pponchadan o‘tib qo‘ydi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, bola tezda kasalxonaga olib borilgan, lekin doktorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan. Ma’lum bo‘lishicha, bolalar uyda yolg‘iz bo‘lishgan va katta farzand ukasini onasining to‘pponchasidan otib qo‘ygan.
Polisiya bolalarning onasi Itiyana Spruilni qo‘lga olgan. Mahalliy gazetalarning birida ta’kidlanishicha, 22 yoshli Itiyana foxishalik sabab shu oyning o‘zida to‘rt kun qamoqda o‘tirib chiqqan. U halokat sodir bo‘lishidan o‘n kun oldin uydan chiqib ketgan va bolalar buvisi bilan qolgan. Polisiya voqea tavsilotlarini o‘rganmoqda.