AQShda 14 yoshli bola 16 yoshli akasini pichoqlab o‘ldirdi
AQShning Illinoys shtati Chikago shahri tashqarisida 14 yoshli bola o‘zining 16 yoshli akasini pichoqlab tashladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Politsiya ma’lum qilishicha, ularga uy zo‘ravonligi bilan bog‘liq voqea bo‘yicha xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelishganida 16 yoshli o‘spirin o‘lik holda topilgan. Bir necha soatdan so‘ng uning 14 yoshli ukasi hibsga olingan, keyinroq u bobosiga topshirilgan.
Mahalliy prokuratura xabariga ko‘ra, ayni paytda 14 yoshli o‘smir bolaga nisbatan hech qanday ayb qo‘yilmagan.