AQShda 8 yashar bola bir yoshli qizchani o‘lar darajada kaltakladi
AQShning Birmingem shahrida sakkiz yashar bola qotillikka urinish bilan ayblanmoqda, deb xabar bermoqda NTV.Ru ABC News telekanali ma’lumotiga asoslanib.
Polisiya bergan ma’lumotga ko‘ra, olti bola kattalar nazoratisiz qoladi. Ularning orasidagi sakkiz yashar bola bir yoshli Kelsi Divayn Lyuisni o‘lar darajada kaltaklaydi. Qizcha butun vaqt mobaynida yig‘lagan va hech qanaqasiga tinchlanishni istamagan. Bu paytda bolalarning ota-onalari tungi klubda ko‘ngilxushlik bilan band edi.
Bolaning o‘zi nima sodir bo‘lganini aytib bergan. U ayni damda voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi bo‘limda saqlanmoqda. Alabama shtatida bunday jinoyatlarga qarshi jazo uchun yosh hisobga olinmaydi.