Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundterck
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Titanik-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Efir Sirlari - Piano Version
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Qaqnus - Soundteck (korea)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSh Afrika taraqqiyoti uchun 1 mlrd dollar ajratadi

AQSh hukumati, Amerika banklari va jamg‘armalari Afrikada tadbirkorlik rivoji uchun jami 1 mlrd dollar miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratadi. Bu haqda ayni vaqtda Keniyada ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan AQSh prezidenti Barak Obama ma’lum qildi.
"Afrika dunyoning tez suratlar bilan rivojlanayotgan hududlaridan biri bo‘lib turibdi. Afrika davlatlari qashshoqlikdan chiqishmoqda. Ayni vaqtda ular rivojlanish bosqichi arafasida turishibdi", dedi Obama Keniya poytaxti Nayrobi shahrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirkorlik bo‘yicha Global sammitdagi chiqishida.
Mablag‘larning bir qismi yoshlar va ayollar o‘z bizneslarini boshlashini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalarga sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Obamaning Afrika davlatlarida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda savdo va investisiya sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha g‘oyasini 20 nafar kongressmen va 200dan ortiq sarmoyachilar qo‘llab-quvvatlagan.
Keniya prezidenti Uxuru Keniata AQSh prezidentining o‘z mamlakatiga tashrifi mahalliy iqtisod rivojlanishiga katta turtki bo‘lishiga ishonch bildirgan. U bu tashrif Afrika qit’asi hamda Keniyaning dunyodagi imiji yaxshilanishida xizmat qilishini ta’kidlab o‘tgan.
AQSh savdo vaziri Penni Priskerning ta’kidlashicha, shu yilning sentyabrida Nyu-York shahrida amerikalik sarmoyadorlar hamda afrikalik tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etiladi va xorijiy kapital masalasi muhokama etiladi.
Ma’lumot uchun, Obama bundan oldin Afrika qit’asiga 4 marta safar uyushtirgan, lekin o‘z otasining yurti bo‘lmish Keniyaga tashrif buyurmagan edi. U ilk tashrifi vaqtida Keniyadagi qarindoshlari bilan uchrashdi.
Uning Keniyadagi xavfsizligini ta’minlash uchun AQShdan bir necha yuz nafar maxsus xizmat xodimlari yetib kelgan. Shuningdek, Nayrobida Keniya polisiyasining o‘n mingdan ortiq xodimi (Keniyadagi polisiyachilarning 25 foizi) xavfsizlikni ta’minlash uchun jalb etilgan.
Keniya safarini yakunlagach, Obama Afrika ittifoqining bosh ofisi joylashgan Efiopiyaga yo‘l oladi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2545 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Afrika, AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
abdurawid97 узини $ ини хаммага улашвоти негр
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное