Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ukrainalik askarlar 1968 yildagi go‘sht bilan boqilyapti

Harbiy xizmatga chaqirilgan dnepropetrovsklik bloger va jurnalist Vyacheslav Poezdnik Ukrainaning Goncharovsk aholi punktida joylashgan 1815-sonli harbiy qismida ukrainalik harbiy xizmatchilarning qanday tarzda ovqatlantirilishlarini namoyish qildi.
Qismning oshxonasiga yetkaziladigan go‘sht iflos poddonlarga (taglik) qo‘yilib, boshqa anjomlar bilan bu to‘shlarni bo‘lishning iloji bo‘lmagani sababli benzinda ishlovchi arra bilan bo‘linishi ma’lum bo‘ldi.
Bu lavhalarni videoga olgan askar avvaliga oshxona xodimlari ustidan kulib, “Bu go‘shtlarni ishqilib yuvib keyin bizga beringlar. Nima uchun oshxonada doimo shifokor turishini endi tushundim. Bu agar kimningdir qorni og‘rib qolsa, unga zudlik bilan yordam berish uchun ekan-da”, deb aytgan.
Biroq bloger mol to‘shlarida ular ishlab chiqarilgan sana urilgan shtamplarni ko‘rib, kapalagi uchib ketdi: go‘shtlarda ular 1968 yilda tayyorlangani yozilgan edi. Bu go‘shtlar 40 yildan ko‘proq vaqt muzlagan holda saqlangan va endi ukrainalik jangchilarning yeguliklariga ishlatilmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5295 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ukraina, 1968 yil, askarlar, go‘sht
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное