Ukraina hukumati DXRning 11 vazirini qidiruvga berdi
Ukraina huquq-tartibot muassasalari Donesk xalq respublikasida vazirlar lavozimlarini egallayotgan 11 kishini qidiruvga berdi, deb yozdi feysbukda Ukraina IIVning Donesk viloyati boshqarmasi boshlig‘i Vyacheslav Abroskin.
“2015 yil iyun-iyul oylarida Donesk viloyati milisiyasi tomonidan joriy yilning may oyi holatiga ko‘ra o‘z lavozimlarini egallagan “DXR vazirlari” deb ataluvchi 11 shaxs qidiruvga berildi”, deb yozdi Abroskin.
Qidiruvga berilganlar orasida DXR adliya vaziri Yekaterina Filippova, IIV rahbari Aleksey Dikiy va energetika vaziri Yevgeniy Fayniskiy va boshqalar bor.