Tailandda fil kanadalik sayyohning kamerasi yordamida u bilan birga selfi uslubida surat oldi, deb xabar The Daily Mirror nashri.
22 yoshli Kristian Leblank GoPro ekshn-kamerasini bir qo‘lida ushlagancha boshqa qo‘li bilan filga banan berayotgan paytda fil uning qo‘lidagi kamerasini tortib oldi. Shu paytda kamera suratga olishda davom etayotgan bo‘lgan.
“Mening bananlarim tugab qolganda, fil qo‘limdagi kamerani yegulik deb o‘ylab tortib oldi. Yaxshiyamki, fillar tinch va rahmdil hayvonlar hisoblanishadi. Men nafaqat kameramni orqaga qaytib oldim, balki u bilan birga umrimdagi eng yaxshi suratlarni ham oldim”, deb aytmoqda yigit.