Britaniyalik Ayol Chiroyli Selfi uchun 17 ming Dollar sarfladi
Buyuk Britaniyaning Richmond shahrida yashovchi ayol selfi suratlarda chiroyli ko‘rinish uchun plastik jarrohlik amaliyoti uchun 17 ming dollar sarfladi, deb yozadi “Lenta.ru”.
28 yoshli Shelli Skinns burni va iyagi shaklini o‘zgardi, shuningdek ko‘zoynak taqishdan qutulish uchun ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
“Vanihoyat selfilarim o‘zimga yoqadigan bo‘ldi va bundan o‘zimni yengil his etayapman”,—deydi Shelli.
Skinns 16 yoshidan boshlab selfiga tushishga qiziqadi. Biroq unga yuzidagi ayrim jihatlar yoqmasdi. Shuning uchun ham u plastik jarrohlik orqali o‘zgarishga qaror qildi.