Buyuk britaniyalik go‘zallik bo‘yicha ekspertlar selfidan noto‘g‘ri foydalanish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi, deya xabar berdi «Actualnews.org» nashri.
Selfidan foydalanishning zarari tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va quyoshda kuyishdan kam emas ekan. Bunga smatrfonlardan selfiga suratga tushilayotgan paytda chiqadigan elektromagnit nurlari sababchi.
Selfi ishqibozlariga ma’lumki, ideal suratni qo‘lga kiritish uchun kamida 50 tacha suratga tushish kerak. Demak, smartfondan tarqaladigan elektromagnit nurlari selfi tushayotgan kishining terisini 50 marta zararlaydi. Bu esa terining juda tez qarishiga olib keladi.