AQSh kompaniyasi selfi uslubida suratga olish uchun tufli o‘ylab topdi
AQShning Miz Mooz brendi selfi uslubida suratga olish uchun ayollar tuflisini taqdim qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida aytilmoqda. Selfie Shoes (“Selfi-tufli”) nomli bu baland poshnali tufli kompaniyaning onlayn-do‘konida 2 apreldan 199 dollar narxda sotuvga chiqadi.
Tuflining tuzilishi uning old tomoniga uyali telefonni o‘rnatishga imkon beradi. Shundan so‘ng tufli egasi oyog‘ini qo‘tarib, barmog‘i bilan tufli ichidagi maxsus tugmachani bosib, kamerani ishga tushirishi mumkin.
Selfi Shoes’ning taqdimot roligida poyafzal mualliflari selfi uchun tayoqchalardan hayratlanishlarini, biroq selfi-tuflilardan farqli o‘laroq, ulardan ba’zi vaziyatlarda foydalanish qiyinchilik tug‘dirishini aytib o‘tishgan.
Oxirgi paytlarda borgan sari ko‘proq turli tashkilotlar selfi-tayoqchalardan foydalanishga cheklovlar qo‘ymoqda. 30 mart kuni selfi-tayoqchalarni AQShda o‘tkaziladigan ikkita yirik musiqa festivalida ishlatish taqiqlab qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgandi. Bunday cheklovni Tretyakov galereyasi hamda Vashingtondagi muzeylar majmuasi ham kiritgan.