O‘tgan hafta poytaxtimizda “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostidagi “Yoshlar haftaligi” bo‘lib o‘tdi. Undan “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar Respublika festivali ham o‘rin olgan.
Mazkur selfi aynan o‘sha tadbir mahsuli bo‘lib, unda mashhur kinoaktyor va aktrisalar yopilish marosimiga tashrif buyurishganidan foydalanib esdalikka selfi qilishgan. Ushbu suratni aktyor Adiz Rajabov o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joyladi.