Rossiyalik qiz vafot etgan buvisi bilan selfi tushgani uchun tahqirlanmoqda
So‘nggi vaqtlarda ahmoqona selfilar soni tobora ortib bormoqda. Akulaning og‘zida, baland binoning labida, arslonlar yonida, suv tubida, polisiya mahkamasida amalga oshirilgan selfilar ko‘plab internet tarmog‘i foydalanuvchilarining tanqidlariga sabab bo‘lgandi. Biroq, kecha 21 iyun kuni rossiyalik fuqaroning selfisi ahmoqonalikda avvalgilarini ortda qoldirdi.
Rossiyalik qiz vafot etganiga bir necha soat bo‘lgan va yonida tobutda yotgan buvisi bilan 2ta selfi suratga tushdi va uni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar beradi “Novostivmire.com” nashri. Suratlarning biriga foydalanuvchi “Buvim bilan so‘nggi selfi #selfie”, ikkinchisiga esa “Endi uning azoblari tugadi”, deya izoh qoldirgan.
Ayni vaqtda “Soda5566” –Andreyeva Svetlana ismli foydalanuvchi joylashtirgan dahshatli surat tarmoq foydalanuvchilarining g‘azabini keltirmoqda. Ko‘pchilik ushbu qizaloqni aqli zaif yoki ruhan nosog‘lom ekanini aytmoqda.
O‘nlab foydalanuvchilarning “Bu o‘zi nima qilganing?” qabilidagi savollariga, Andreyeva Svetlana shunchaki, “Oxirgi marta”, deya javob qaytargan.