Dog‘istonda bashoratchi oilasi bilan o‘ldirib ketildi
Dog‘istonda qurolli hujum oqibatida bashoratchilik bilan shug‘ullanuvchi ayol o‘ldirib ketildi. Intefaks agentligining polisiya ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, uyda u bilan bo‘lgan eri va yana bir qarindoshi ham o‘ldirib ketilgan.
Jinoyat 15 sentabr kuni Darbant tumanining Rubas qishlog‘ida sodir etildi. Tungi soatlarda qurolli guruh uyga bostirib kirib, oila a’zolarini o‘qotar qurol bilan o‘ldirgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.