Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ramzan Qodirovni tanqid qilgan bloger o‘ldirib ketildi
Checheniston hukumatining tanqidchisi, bloger Tumso Abdurahmonov Shvetsiyada o‘ldirildi. Bu haqda Chechen muxolifatining Telegram kanalida xabar berildi.

“Tumso tunda bir guruh odamlar tomonidan otib tashlangan va hozirda qotillik tafsilotlari o‘rganilmoqda”, deyiladi muxolifat xabarida.

Ular qotillikning boshqa tafsilotlarini keltirmagan. Biroq maxsus xizmatlar Tumso Abdurahmonovning ukasini yashirgani qayd etilgan.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Abdurahmonov sheriklari uning joriy yilning 2 dekabrida o‘ldirilganini aytgan. Shvetsiya huquq-tartibot idoralari bu borada hozircha izoh bermagan.

Dekabr oyi boshida Tumso Abdurahmonov ko‘rinmay qolgan. Huquq himoyachilari uning bedarak yo‘qolganini aytgan. O‘shanda ham bloger o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq o‘sha paytda bu xabarlar tasdiqlanmagan.

Tumso Abdurahmonov 2015 yilda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qarindoshlari bilan janjallashib qolganidan keyin Rossiyani tark etgan. U Shvetsiyada siyosiy qochqin maqomini olgan edi. Chechenistonda Abdurahmonov ISHID bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. 2021 yil dekabrida Abdurahmonov Chechenistonda to‘qqiz nafar qarindoshi o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1422 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ramzan Qodirov, tanqid, o‘ldirib, qilgan, Bloger, ketildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное