Ramzan Qodirovning qizi Moskva modalar haftaligida!
Rossiya Federatsiya tarkibidagi Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirovning qizi — Ayshat Qodirova Moskva modalar haftaligida o‘zining liboslar kolleksiyasini namoyish qildi.
Rossiyadagi qator OAV larining ma’lum qilishicha, Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi Grozniydagi "Firdaws" modalar uyining sohibasi hisoblanadi.
U Moskva modalar haftaligida “Tog‘ marvaridi” deb nomlangan kolleksiyalari bilan ishtirok etdi. Xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan kolleksiyadan 50 ga yaqin liboslar o‘rin olgan.
Modalar haftaligida mehmon sifatida boshlovchi Olga Buzova, qo‘shiqchi Valeriya hamda Iosif Prigojinlar ishtirok etishgan.