Ramzan Qodirov O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirdi.
“Yaratganning irodasi bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning hayot yo‘li poyoniga yetdi. Men o‘zbek xalqi, shuningdek, Islom Abdug‘anievichning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z hamdardligimni bildiraman. Olloh rahmatiga olgan bo‘lsin”, deya ta’ziya bildiradi Qodirov.
Ma’lumot o‘rnida, Ramzan Qodirov 2007 yildan buyon Checheniston rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.