Bloomberg: Rossiya byudjetidgi taqchillik pensiya mablag‘lari bilan to‘ldiriladi
Neft narxining tushib ketishi hamda G‘arb davlatlarining iqtisodiy va siyosiy cheklovlari Rossiya hukumatini iqtisodiyotdagi taqchillikni turli usullar bilan yopish yo‘llarini qidirishga majbur qilmoqda. Bloomberg agentligining yozishicha, bu safar taqchillikni bartaraf qilish uchun nodavlat pensiya jamg‘armasidagi 26 mlrd dollar mablag‘dan foydalaniladi.
Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Nikolay Podguzov va moliya vaziri o‘rinbosari Aleksey Moiseyevlarning so‘zlariga iqtibos keltirilgan holda ma’lum qilinishicha, ushbu mablag‘dan 2015 yilning ikkinchi choragidan foydalanila boshlandi. Ularning vositasida korporativ obligatsiyalarning uchdan bir qismi chiqarildi.
Podguzovning ta’kidlashicha, pensiya jamg‘armasi mablag‘larini ushbu jarayonga jalb qilish osonroqdir, negaki bu qarz omonatdorni ortiqcha byurokratiyadan qutqaradi.