Toshkentda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olindi
Toshkentda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
1974 yili tug‘ilgan Nazar To‘lqinov va 1988 yili tug‘ilgan Tursun Yo‘ldoshevlar dastlab o‘zlariga tegishli MChJlarni boshqarib kelgan. So‘ng ular odamlarni ishlashga chet elga jo‘natish bahonasida ulardan pul undirish yo‘li bilan boylik orttira boshlaganlar.
Shu yo‘l bilan ular 1979 yilda tug‘ilgan Farhod Rahimov va 1981 yilda tug‘ilgan Jamoliddin Ergashevlardan 4 800 va 5 300 dollardan pul olishgan. Qallobalr ularni Shvesiyaga jo‘natishni va’da qilishgan, lekin, pulni olib bo‘lgach, ular bilan aloqani uzishga harakat qilishgan.
Aldangan erkaklar tegishli tashkilotlarga murojaat qilishdi. Natijada firibgarlar qo‘lga olinib, sudga topshirildi.