Toshkentda yana bir poraxo‘r kollej direktori qo‘lga olindi
“Huquq” nashri Toshkent shahridagi kollejlardan birida direktorlik qilib, pora ustida qo‘lga tushgan navbatdagi amaldor ustidan o‘tkazilgan sud haqida ma’lumot chop etdi.
Xabarnomada keltirilishicha, Hamid Xoldorov 2014-2015 o‘quv yilida qoldirgan darslarini to‘ldirish va imtihonlarga kirishga ruxsat berish evaziga 3-bosqich talabasi B. Amonovdan 250 ming so‘m pora talab qilgan.
Talaba bu haqda SVOJJDLQK idorasiga xabar bergan. Natijada Xoldorov pora olayotgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olingan.