Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari qo‘lga olindi
29 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston hududida taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV rasmiy sayti orqali xabar berildi.
Aytilishicha, Toshkent shahri va viloyatida ushbu guruh mafkurasini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelgan jami 16 kishi qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olinganlarning bir qismi mazkur guruh ta’siriga mamlakat chetida tushib qolgan, so‘ng, O‘zbekistonga qaytib, rafiqalari va bolalariga uni majburlab singdira boshlagan.
Tintuv chog‘ida ularning uylaridan ko‘p miqdorda ekstremistik adabiyot topildi.
Ayni paytda IIV Bosh tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishi masalasi ko‘rilmoqda.