Toshkentda yo‘lto‘sarlar guruhi qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Ogoh” gazetasi.
19 yoshli Abdulatif va Hakimjon ismli yigitlar kechalari o‘zlaridan kichik yoshdagilarni poylashgan va ulardan zo‘ravonlik bilan telefonlarini tortib olgan. Shu yo‘l bilan ular 16 yoshli Vanyaning iPhone-5 telefonini, Samsung Tab-4 planshetini, shu yoshdagi
Alekseyning Samsung Galaxy-Trend, 17 yoshli Arturning iPhone-4 telefonini tortib olgan.
Hozirgi kunda ular tergov oldida javob bermoqda.